Bugun, 7 iyul kuni futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan Argentina va Misr terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin «Mersedes-Bents Stedium» (Atlanta, AQSh) stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni bosh hakam Fransua Letekse (Bede, Frantsiya) boshqarib boradi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 21:00 da chalinadi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Argentina: Emiliano Martines, Molina, Romero, Lisandro Martines, Talyafiko, De Paul, Mak Allister, Fernandes, Paredes, Messi, Alvares.

Misr: Shobeyr, Rabya, Ibraxim, Xani, Xafez, Ashur, Attiya, Lashin, Ziko, Saloh, Xassan.

Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, Misr terma jamoasi 5 ochko jamg'arib, «G» kvartetida ikkinchi o'rinni egalladi. Argentina milliy terma jamoasi esa 9 ochko ishlab, «J» guruhida birinchi satrdan joy oldi. 1/16 final bosqichida Argentina terma jamoasi Kabo-Verdedan ustun keldi (qo'shimcha vaqtda 3:2), Misr esa Avstraliyani mag'lub etdi (1:1, penaltilar bo'yicha 4:2).

Manba: Stadion.uz