Argentina Messi bilan qatnashgan barcha 6 ta JChda pley-offga yo'l oldi

Argentina terma jamoasi tarkibida Lionel Messi bo'lgan barcha jahon chempionatlarida hamisha guruhdan chiqmoqda.
JCh-2026 guruh bosqichi dastlabki ikki turida Jazoir (3:0) va Avstriya (2:0) ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng, argentinaliklar muddatidan avval turnirning pley-off bosqichiga yo'llanmani kafolatlashdi. Messi ushbu uchrashuvlarda Argentinaning barcha 5 ta goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Argentina terma jamoasi 2006 yildan beri o'tkazilgan barcha jahon chempionatlarida guruhdan chiqdi – Messi ushbu oltita turnirning har birida ishtirok etgan. JCh-2002da esa argentinaliklar pley-offga chiqa olishmagan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar