Argentina U-20 terma jamoasi Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuononi 27 sentyabrdan 20 oktyabrgacha davom etadigan jahon chempionatiga olib ketmoqchi.

Agar Argentina turnirda finalga qadar etib borsa, Franko "qirollik klubi"ning kamida 7 ta o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

18 yoshli futbolchining turnirda ishtirok etish yoki etmasligi bo'yicha yakuniy qaror "Real" tomonidan qabul qilinadi.