Argentina klubi uchun bo'lajak prezident qiziqarli va'da berdi

Argentinaning "Nyuells Old Boyz" klubi prezidentligiga nomzodlardan biri Ignasio Munos o'zining saylovoldi ritorikasida Lionel Messini bu klubga qaytarish va'dasini berdi.
Munosning so'zlariga ko'ra, Messi hali ham klub uchun nostalgiyani his qiladi, u hatto "Barselona"dagi eng yorqin yillarida ham bu aloqani saqlab qolgan.
"Agar u qaytishni istasa, aytsin", dedi Munos.