Opta xabariga ko'ra, Argentina terma jamoasi JCh-2026 chorak finalida Shveytsariyani mag'lub etib (3:1), jahon chempionatlarida qo'shimcha vaqt (ekstra-taym) talab qilingan o'yinlarda o'z hisobidagi 11-g'alabani qayd etdi.

Jahon chempionatlarida qo'shimcha vaqtgacha cho'zilgan 13 ta uchrashuvdan argentinaliklar 11 tasida g'alaba qozongan: beshtasi ekstra-taymlarda (shu jumladan, JCh-1978 finalida Niderlandiyaga qarshi — 3:1) va oltitasi penaltilar seriyasida (shu jumladan, JCh-2022 finalida Frantsiyaga qarshi — 3:3, penaltilar bo'yicha 4:2).

Jamoa bor-yo'g'i ikki marta mag'lub bo'lgan — ikkala holatda ham Germaniyaga (JCh-2006 1/4 finalida penaltilar seriyasida va JCh-2014 finalida qo'shimcha vaqtda).

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.

Manba: Stadion.uz