Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Angliyani mag'lub etdi (2:1) va finalda Ispaniya bilan to'qnash keladi.

Shu tariqa, Argentina o'z tarixida 7-bor Jahon chempionatining hal qiluvchi bosqichiga chiqdi va bu borada Braziliya terma jamoasiga etib oldi.

Argentinaliklar 1930, 1978, 1986, 1990, 2014, 2022 va 2026 yillarda finalga chiqishgan. 1978, 1986 va 2022 yillarda Argentina g'olib bo'lgan.

Braziliyaliklar esa 1950, 1958, 1962, 1970, 1994, 1998 va 2002 yillarda finalga etib kelishgan (5 ta titul).

Faqat Germaniya terma jamoasi JCh finaliga ko'proq — 8 marta chiqqan (4 ta titul).

Manba: Stadion.uz