Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Angliyani mag'lub etdi (2:1), o'yinning ikkinchi bo'limi oxirigacha hisobda ortda borayotgan edi.

85-daqiqada Entso Fernandes hisobni tenglashtirdi, 92-daqiqada esa Lautaro Martines g'alaba to'pini kiritdi.

Shu tariqa, argentinaliklar ushbu turnir pley-offida ikkinchi marta o'yin so'ngida kambek amalga oshirib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Avvalroq Misrga qarshi kechgan bahsda (3:2) Argentina 83-daqiqada hisobni tenglashtirib, 92-daqiqada g'alaba to'pini kiritgan edi.

Lionel Skaloni shogirdlari yana ikkita uchrashuvni ekstra-taymgacha olib borishdi: Kabo-Verde (3:2) va Shveytsariya (3:1) bilan o'yinlarda.

Argentina finalda raqiblik qiladigan Ispaniya terma jamoasi esa pley-offdagi barcha to'rtta g'alabasini asosiy 90 daqiqa ichida qo'lga kiritgan.

Luis de la Fuente jamoasi Avstriya (3:0), Portugaliya (1:0), Belgiya (2:1) va Frantsiya (3:0) terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan.

Manba: Stadion.uz