Argentina Jahon chempionatlarida qo'shimcha vaqtlardagi o'yinlar bo'yicha yangi rekord o'rnatdi

Argentina terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 final uchrashuvida Kabo-Verde ustidan g'alaba qozondi (3:2). Asosiy 90 daqiqa 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa, ekstra-taymlarda tomoshabinlar yana uchta golga guvoh bo'lishdi. Uchrashuvdagi hal qiluvchi gol 111-daqiqada Kristian Romero tomonidan kiritildi, biroq rasmiy bayononomada bu vaziyat raqibning avtogoli sifatida qayd etildi.
Argentina o'z tarixida 12-marta Jahon chempionatidagi o'yinni qo'shimcha vaqtgacha olib bordi — bu turnirning mutlaq yangi rekordidir. Shu bilan birga, Opta tahlillariga ko'ra, ushbu 12 ta holatning 10 tasida «albiseleste» g'olib sifatida maydonni tark etgan (shulardan 6 tasi penaltilar seriyasida qo'lga kiritilgan).
JCh-2026ning 1/8 finalida amaldagi jahon chempionlari Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar