Argentina Jahon chempionatida sermahsullik ko'rsatkichi bo'yicha yangi marrani zabt etdi

Argentina terma jamoasi Jahon chempionatlarida ikki va undan ortiq gol urilgan o'yinlar bo'yicha rekord seriyani uzaytirdi.
JCh-2026 yarim finalida Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Argentina Jahon chempionatining oxirgi 13 ta o'yinida kamida 2 tadan gol urdi – avvallari musobaqa tarixida hech qaysi terma jamoa buning uddasidan chiqmagan edi. Bu galgi chempionatda argentinaliklar Urugvayning 1930-1954 yillar oralig'ida o'rnatgan rekordini (11 ta o'yin) yangilashdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar