Argentina futbol assotsiatsiyasi JCh-2026 1/8 finali doirasidagi Misrga qarshi o'yindagi hakamlik tanqid qilingan xatlar jurnalistlarga jo'natilganidan so'ng, o'zining rasmiy akkauntlaridan biri buzib kirilgan bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Tarqatilgan xabarlarda «Argentina g'alaba qozonmagani», uchrashuv natijasiga esa «hakamlarning korruptsiyalashgan qarorlari» ta'sir ko'rsatgani ta'kidlangan. Shuningdek, maktublarda Misr terma jamoasining kuchli o'yini e'tirof etilgan.

«Bizning rasmiy akkauntlarimizdan biri orqali bizning jamoamiz tomonidan yozilmagan va tasdiqlanmagan xatlar jo'natilgan bo'lishi mumkinligini aniqladik. Hozirda tekshiruv o'tkazmoqdamiz va zarur xavfsizlik choralarini ko'ryapmiz», — deyiladi federatsiya bayonotida.

Argentina – Misr uchrashuvi amaldagi jahon chempionlarining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi, biroq misrliklarning bekor qilingan goli hamda Entso Fernandes gol urishidan oldin sodir bo'lgan qoidabuzarlik vaziyati tufayli bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Misr tomoni allaqachon FIFAga shikoyat yo'llab, bosh hakam Fransua Letekseni turnirdagi keyingi o'yinlardan chetlatishni talab qilgan.

Manba: Stadion.uz