Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o'yinning boshlanish vaqtini tanqid qildi.

Uchrashuv 3 iyul kuni Mayamidagi «Xard Rok Stedium» stadionida bo'lib o'tadi. Ctart mahalliy vaqt bilan soat 18:00 ga rejalashtirilgan. Uchrashuv boshlanishiga kelib havo harorati 32 °C ga etadi, namlik esa 70 % ni tashkil qiladi.

«Kuchli issiqda o'ynashga to'g'ri keladi — uchrashuv uchun bunday vaqt tanlanishi savollar tug'dirmoqda. Ammo sharoit ikkala jamoa uchun ham bir xil, shuning uchun nolishga hojat yo'q», — deya Skalonining so'zlarini keltiradi TyC Sports.

Manba: Stadion.uz