Arda Turan: «Agar kimdir Messining o'rniga Ronalduni tanlasa, men u bilan futbol haqida gaplashmayman»

«Atletiko» va «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda esa «Shaxtyor» bosh murabbiyi Arda Turan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasida tanlov qildi.
«Agar kimdir bu savolga «Krishtianu Ronaldu» deb javob bersa, men u bilan futbol haqida gaplashmayman.
Ronaldu – dunyoning eng yaxshi futbolchisi, ammo Messi bu dunyodan emas», – dedi Turan Kafa Sports efirida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar