Arda Gyuler Lamin Yamal bilan taqqoslashlar haqida gapirdi.

Yakshanba kuni Ispaniya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Turkiya mehmoni bo'ladi.

"Biz Lamin Yamal bilan turli ampluada o'ynaymiz, uslublarimiz turlicha, shuning uchun taqqoslash noto'g'ri bo'lardi. U "Barselona"da o'ynaydi, men "Real"da. Unga ertaga omad tilayman.

Yamalning qilayotgan ishi meni ajablantirmaydi. Unda katta iste'dod bor, u raqib vazifasini murakkablashtirish uchun qo'lidan kelganini qiladi," - dedi "Real" va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi.