Arda Gyuler uchun mavsum yakunlandi. Turkiyalik yulduzning Jahon chempionatidagi ishtiroki ham so'roq ostida

«Real» matbuot xizmati yarim himoyachi Arda Gyuler jarohat olganini e'lon qildi.
«Bugun «Real» tibbiy xizmati tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlardan so'ng, futbolchi Arda Gyulerning o'ng oyoq son bitseps mushagida jarohat borligi aniqlandi», — deyiladi madridliklar bayonotida.
Ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, ushbu jarohat tufayli Gyuler joriy mavsumda boshqa maydonga tushmasligi mumkin. Shu bilan birga, turkiyalik futbolchi Jahon chempionati boshlanguniga qadar tiklanishga ulgurishi ta'kidlanmoqda.
Joriy mavsumda Arda Gyuler «Real» safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.