Arda Gyuler Joze Mourino bilan munosabati haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler yaqin kelajakda jamoani boshqarishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mourino Alvaro Arbeloaning ketishidan so'ng «qaymoqranglilar» bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Qiziqarli jihati shundaki, «The Special One» avvalroq Gyuler faoliyatini boshlagan «Fenerbaxche»da ishlagan, biroq ular bir jamoada uchrashmagan — Arda Turkiyadan Madridga Mourino kelishidan bir yil oldin ko'chib o'tgandi.
«Evro-2024 dan keyin Joze Mourino va «Fenerbaxche» prezidenti bilan qisqacha suhbatlashdim, biz turnir haqida gaplashib, bir-birimizga omad tiladik. Shuningdek, «Benfika» va «Real» o'rtasidagi o'yin paytida ham suhbatlashganmiz. Men Joze va uning erishgan yutuqlariga katta hurmat bilan qarayman», — deya Gyuler so'zlarini keltiradi TRT Spor.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino Florentino Peres 7 iyun kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida g'alaba qozongan taqdirda, «Real» boshqaruvini qo'lga olishi kutilmoqda.