Arda Gyuler bu mavsumdagi barcha assistlarini Mbappega bergan

"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler va jamoa hujumchisi Kilian Mbappe o'rtasida mukammal aloqa rivojlanmoqda.
20 yoshli turkiyalik futbolchi yangi mavsumda 14 ta o'yinda 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Qiziqarlisi, bu vaziyatlarning barchasida Kilian Mbappe gol urgan.
"Qaymoqranglilar" bugun EChL 4-turida "Liverpul" mehmoni bo'ladi. O'yin 01:00 da start oladi.