Arbeloaning natijalari Alonsonikidan yomonroq bo'lib chiqmoqda

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligadagi 12 ta o'yinda o'rtacha 2,08 ochko (jami 25 ochko) to'plamoqda.
10 aprel kuni Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida madridliklar "Jirona" bilan durang o'ynashdi (1:1).
Hozirgi vaqtda Arbeloaning natijalari mavsum davomida u o'rnini egallagan Xabi Alonsonikidan pastroq bo'lib turibdi. Alonso "Real" boshqaruvida chempionatning 19 ta o'yinida o'rtacha 2,37 ochko (jami 45 ochko) jamg'argan edi.