Arbeloa: "Zidan qilgan ishni hech kim takrorlay olmaydi"

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Zinedin Zidanning klubdagi murabbiylik faoliyati haqida gapirdi.
"Zidanning Chempionlar Ligasida "Real" bilan erishgan yutuqlari juda ajoyib. Buni hech kim takrorlay olmaydi," - dedi Arbeloa "Monako"ga qarshi EChLdagi debyutida 6:1 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" 2016-2018 yillarda Zinedin Zidan qo'l ostida ketma-ket uch marta asosiy evrokubokni qo'lga kiritgan.