Arbeloa: «Yosh tarkibda xatolar bo'lishi tabiiy, ammo...»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga doirasidagi «Espanol»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoada xarakter etishmasligi haqidagi savolga javob berdi.
«Bizda juda yosh jamoa shakllangan — buni tarkibning o'rtacha yoshiga qarab ham bilish mumkin. Ammo men ko'p bora ta'kidlaganimdek, tarkibimizda o'z ishini a'lo darajada bajarayotgan, yorqin individuallik va katta tajribaga ega bo'lgan ajoyib futbolchilar ham bor.
So'nggi paytlarda maydonda biz yaxshiroq harakat qilishimiz lozim bo'lgan vaziyatlar kuzatildi. Biroq tarkibingiz yosh bo'lsa, yoshlikka xos xatolar uchrab turadi. O'ylaymanki, jamoada kuchli etakchilar va yorqin shaxsiyatga ega futbolchilar etarli», — dedi Alvaro Arbeloa.