Arbeloa Vinisiusning Madriddagi kelajagi haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano ispaniyalik mutaxassisning matbuot anjumanida aytgan so'zlarini keltirmoqda:
«Vinisius bilan shartnomani uzaytirish? Uning «Real»da qolishini umid qilaman va shuni istayman. Muxlislar uni juda yaxshi ko'rishadi», — dedi Arbeloa.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 48 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda Vinisius 18 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.