Arbeloa Tchuamenining yo'qligi haqida to'xtaldi

«Real» ustozi Alvaro Arbeloa «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvida Orelen Tchuamenining ishtirok eta olmasligi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Frantsuz futbolchisi diskvalifikatsiya sababli o'yinni o'tkazib yuboradi.
— Tchuamenining yo'qligi sizni qattiq tashvishga solyaptimi? — deya so'rashdi Arbeloadan matbuot anjumanida.
— Bizda variantlar ko'p. Ushbu pozitsiyada o'ynay oladigan futbolchilarimiz bor: Kamavinga, Tyago, Sebalos, Valverde… Ertaga maydonga tushadigan tarkibni allaqachon bilib oldim. Ular menga katta ishonch bag'ishlashadi. Zaxiradan maydonga tushadiganlar ham ikkinchi bo'limda yordam berishlari kerak, chunki o'yin juda shiddatli kechadi. Shunday tarkibga ega ekanligimdan o'zimni imtiyozli his qilaman, — dedi Arbeloa.
Dastlabki uchrashuvda «Real» o'z maydonida «Bavariya»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.