«Real» murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Dani Sebalos nima sababdan La Liga doirasidagi «Betis»ga qarshi safar o'yini (1:1) qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.

Ispaniyalik futbolchi bundan oldingi 4 ta o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazgan edi. Xabarlarga ko'ra, u mavsum yakunida «Real»ni tark etadi.

— Nima uchun Sebalos [o'yinga] bormadi?

— Men doim talablarga javob beradiganlarni o'zim bilan olaman.

— U bilan biror gap bo'ldimi?

— Men doim talablarga javob beradiganlarni o'zim bilan olaman, — dedi Arbeloa.