Arbeloa Rodrigo jarohat sabab ertaga o'ynamasligini tasdiqladi

Hujumchi Rodrigo shanba kuni Ispaniya chempionatining "Levante"ga qarshi o'yinida "Real"ga yordam bera olmaydi. Bu haqda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida aytib o'tdi.
"Ertaga Rodrigo bo'lmaydi. U o'tgan hafta juda og'ir yuklamadan keyin tiklanmoqda. Uni imkon qadar tezroq qaytarishga umid qilamiz. Biz hammamiz Rodrigoning favqulodda darajasi va u bizga qancha yorqin lahzalarni taqdim etganini bilamiz. So'nggi oylarda u yana o'zining eng yaxshi darajasiga chiqdi. Uning tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz," - dedi Arbeloa jurnalistlarga.
"Real" - "Levante" uchrashuvi 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.