Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa boshqaruviga kelgach, milliy chempionatda fenomenal natija qayd etmoqda. U La Ligadagi dastlabki 4 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

«Real» tarixida ilk 4 o'yinda 4 ta g'alabaga erishgan murabbiylar:

  • A. Arbeloa — 2026 yil.

  • X. Alonso — 2025 yil.

  • M. Pellegrini — 2009 yil.

  • V. Lushemburgo — 2005 yil.

  • E. Fernandes — 1953 yil.

  • X. Kirante — 1929 yil.

Arbeloa ushbu natija bilan Xabi Alonso, Pellegrini va Lushemburgo kabi mashhur mutaxassislarning rekordini takrorladi.