Ispaniya La Ligasining 24-turidan o'rin olgan uy uchrashuvida Madridning «Real» klubi «Real Sosedad» bilan to'qnash keldi. «Qirollik klubi» 4:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuv yakunlangach, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

«Yaxshi ish, ajoyib o'yin va mukammal muhit. Oldinga harakat qilishda davom etamiz», — deyiladi mutaxassis xabarida.

Kechagi muvaffaqiyatdan so'ng Madrid grandi 60 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Real» Kataloniyaning «Barselona» jamoasini ikki ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq «ko'k-anorranglilar»ning «Jirona»ga qarshi bitta zaxira o'yini mavjud.