Arbeloa «Real»ning uch futbolchisini o'z jamoasiga olib kelmoqchi

«Real»da faoliyat yuritgan «Fulxem»ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya klubining bir nechta futbolchisini Londonga taklif etmoqchi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Arbeloa «Real»dan argentinalik vinger Franko Mastantuonini ijaraga olmoqchi. Bundan tashqari, u «Fulxem» himoyachi Fran Garsiya va hujumchi Gonsalo Garsiyani sotib olishini istamoqda.
Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumini «dala hovli egalari» turnir jadvalida 11-o'rinda yakunlashdi. Jamoa 38 ta turda 52 ochko jamg'ardi. Aytish joizki, poytaxt jamoasiga evrokuboklar hududiga kirish uchun bor-yo'g'i bir ochko etmay qoldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar