Arbeloa «Real»ning asosiy muammosini aytdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoadagi muammolar mavzusiga to'xtalib o'tdi. Yakshanba kuni «qaymoqranglilar» «Espanol»dan ustun kelishdi (2:0) va «Barselona»ning chempionligini kamida bir haftaga kechiktirishdi.
«Barcha jamoalar bizdan ko'ra ko'proq yugurishmoqda. Biz ko'proq harakat qilishimiz, pressing uyushtirishimiz va himoyalanishimiz kerak. Zamonaviy futbolda faqatgina iqtidor evaziga g'alaba qozonib bo'lmaydi — futbolchilar buni tushunib etishlari shart», — deya Arbeloaning o'yindan keyingi fikrlarini keltirmoqda Madrid Zone.