Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaga katta islohotlar («revolyutsiya») kerak emas deb hisoblaydi.

«Mening nuqtai nazarimga ko'ra, «Real» sovrinlar uchun kurashga qaytishi uchun tarkibni butunlay yangilashi (qayta qurishi) shart emas. Bu ajoyib jamoa. Revolyutsiyaga hojat yo'q. Biz har qanday jamoa kabi o'sishimiz mumkin, ammo katta o'zgarishlar talab etilmaydi», — deya Arbeloaning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda «Real» UEFA Superkubogi va FIFA Qit'alararo kubogida g'alaba qozonib, ikkita ikkinchi darajali sovrinni qo'lga kiritgan edi. Joriy mavsumda esa «qaymoqranglilar» allaqachon barcha kuboklarni tark etishdi, Ispaniya chempionatida esa peshqadam «Barselona»dan 9 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.