Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 22-turida o'z maydonida "Rayo Valekano" ustidan og'ir g'alabani qo'lga kiritdi - 2:1.

Onda Cero xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu g'alabadan so'ng jamoa futbolchilariga ikki kunlik ta'til bergan.

O'yinchilar chorshanba kunidan boshlab 8 fevral sanasiga belgilangan "Valensiya"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.