Arbeloa "Real"dagi bir oylik faoliyati davomida sezilarli darajada ozdi

Alvaro Arbeloa deyarli bir oy oldin "Real"ni qabul qilib olgandi. Jurnalistlar bu davrda mutaxassis sezilarli darajada ozganini payqashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Arbeloa 13 yanvar va 8 fevral kunlari bergan matbuot anjumanlaridan olingan suratlar tarqalmoqda. Hatto oddiy ko'z bilan ham Alvaroning vazni necha kilogrammga kamayganini ko'rish mumkin.

Arbeloaning ozishi stress bilan bog'liq bo'lishi ehtimoldan xoli emas - baribir "Real"da ishlash psixologik jihatdan og'ir. Ammo murabbiy ongli ravishda bir necha kilogramm vazn tashlashga qaror qilganini istisno qilmaslik kerak.
"Real" yakshanba kuni safarda "Valensiya"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Madridliklar La Liga turnir jadvalida "Barselona"dan 1 ochko ortda qolmoqda.