Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ma'lum shartlar asosida jamoa bilan ishlashda davom etishi mumkin.

Ispaniyalik murabbiy Superkubok finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) keyin iste'foga chiqarilgan Xabi Alonso o'rnini egalladi.

Mashhur sobiq himoyachi yozgacha tayinlangan, biroq u uzoqroq qolishi mumkin: insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Real" bosslari Arbeloaga agar u joriy mavsumda sovrinlar yutib, futbolchilar bilan munosabatlarni yo'lga qo'ysa, keyingi mavsumda ham jamoani boshqarishda davom etishini aytgan.

Agar mutaxassis qo'yilgan vazifalarni uddalay olmasa, yozda klub yangi murabbiy qidiradi.