«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappe «Real Ovedo»ga qarshi bo'lajak o'yinda ishtirok eta olishi haqidagi savolga javob berdi.

«Ko'ramiz, u bugungi mashg'ulotni oxirigacha etkaza olarmikan. Kecha u mashg'ulotlarda qatnashdi. Agar hammasi joyida bo'lsa, u klubga bo'lgan sadoqatini ko'rsatish uchun albatta maydonga tushadi va hisobida to'rtta sariq kartochka bo'lishiga qaramay, qolgan uchta o'yinda ishtirok etishga harakat qiladi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Kilian Mbappe mushaklaridagi muammo sababli «Real»ning oxirgi bir necha o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi. «Real» payshanba, 14 may kuni «Santyago Bernabeu»da «Real Ovedo»ni qabul qiladi.