Arbeloa: "Mbappeda gollar muammosi yo'q deb o'ylayman"

Hujumchi Kilian Mbappe "Real"ning so'nggi ikki o'yinida gol ura olmayapti. Biroq, madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bunda muammo ko'rmayapti.
"Mbappeda gollar borasida muammo bor deb o'ylamayman. U maydonda qaror qabul qiladi va juda aqlli. U qaerga borish kerakligini aniq biladi. U jarima maydoni ichida ham, uning tashqarisida ham muvaffaqiyatli harakat qila oladi. Kilian maydonda nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi va uning statistikasi buni tasdiqlaydi", - dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
"Real" navbatdagi o'yinni 25 fevral kuni o'z maydonida "Benfika"ga qarshi o'tkazadi. Birinchi o'yinda "qaymoqranglilar" 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.