«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa madridliklar hujumchisi Kilian Mbappening Joze Mourino «qaymoqranglilar» boshqaruviga kelishi mumkinligi haqidagi postga «layk» bosganiga munosabat bildirdi.

«U Mourino, Juliya Roberts yoki boshqa birov haqidagi postga «layk» bosganmi — menga farqi yo'q», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Uning qo'l ostida Madrid klubi Ispaniya kubogi, Ispaniya superkubogi va Ispaniya chempionatida g'olib chiqqan. Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida «qirollik klubi»ning Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final bo'lgan. Ayni damda Mourino «Benfika»ni boshqarmoqda, biroq OAVdagi xabarlar uning «Real»ga qaytishi mumkinligini faol ravishda taxmin qilmoqda.