Arbeloa: "Mbappe 100 foiz tayyor va "Atletiko"ga qarshi o'ynay oladi"

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening jarohatdan keyingi qaytishiga izoh berdi va frantsiyalik futbolchining to'liq tiklanganligi haqida gapirib o'tdi.
«Avval aytganimdek, u safga qaytganida 100 foiz tayyor bo'ladi. Manchesterdagi o'yinda u juda yaxshi sport formasida ekanligini isbotladi, uning o'zini qanday his qilayotgani esa — eng muhimi. Biz unga to'liq ishonamiz va kafolat bera olamiz, shuningdek, uning maydonga qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Hozirgi vaqtda u 100 foiz tayyor holatda».
Shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, ertaga «qaymoqranglilar» La Liganing navbatdagi turi doirasida Madridning boshqa bir jamoasi — Diego Simeone boshchiligidagi «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, aprel oyida «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida Myunxenning «Bavariya» klubi bilan kuch sinashadi.