Arbeloa diskvalifikatsiya qilingan Vinisius haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Vinisius Juniorning diskvalifikatsiyasi haqidagi savolga javob qaytardi.
Braziliyalik futbolchi yakshanba kuni La Liga doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi kechgan bahs (2:1) yakunida sariq kartochka oldi. Hujumchi ogohlantirishlari ko'payib ketgani tufayli bir o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Vinisius biz uchun juda muhim, u fantastik gol urdi. Biz uchun u alohida xavf tug'diradigan va har doim raqibni yakkama-yakka vaziyatda aldab o'tishi mumkin bo'lgan futbolchi. Bunday futbolchining borligi raqiblarga bosimni oshirmay qolmaydi," - deya yulduz futbolchining diskvalifikatsiyasiga izoh berdi Arbeloa.
"Real"ning "Valensiya" bilan uchrashuvi 8 fevral kuni bo'lib o'tadi.