Arbeloa debyut o'yinida "Real" hujum chizig'ida kim o'ynashini hal qildi

Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa qo'l ostida ilk o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Diario AS nashrining ma'lum qilishicha, yangi murabbiy "Albaseta"ga qarshi ilk uchrashuvida hujum uchligini aniqlab bo'lgan: chapda Vinisius Junior, o'ngda Franko Mastantuono, oldinda Gonsalo Garsiya harakat qiladi. Yaqinda jarohatini davolagan Kilian Mbappega dam berilsa kerak.
"Albasete" - "Real" uchrashuvi chorshanba kuni Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida bo'lib o'tadi.