Arbeloa chempionlik poygasi haqida to'xtaldi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasining navbatdagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng chempionlik poygasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Juma kuni «qaymoqranglilar» «Santyago Bernabeu»da kechgan «Jirona»ga qarshi bahsda ochko yo'qotishdi (1:1). Ertagayoq madridliklarning «Barselona»dan ortda qolishi 9 ochkogacha etishi mumkin — buning uchun Xans-Diter Flik jamoasi derbida «Espanol»ni mag'lub etishi lozim.
«Chempionlik poygasi yakunlandimi? Biz to matematik imkoniyat saqlanib qolar ekan, oxirgi kungacha kurashamiz. Biz — «Real»miz va hech qachon taslim bo'lmaymiz», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Keyingi turda, 21 aprel kuni «Real» «Alaves» bilan to'qnash keladi. Unga qadar esa jamoa Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazishi kerak.