Arbeloa «Bernabeu»dagi muhit haqidagi savolga javob berdi

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Rayo Valekano"ga qarshi o'yin oldidan "Santyago Bernabeu"dagi muhit haqida fikrlarini bildirdi.
"Bernabeu"dagi muhit? Umid qilamanki, muxlislar biz bilan birga bo'ladi. Kuchliroq bo'lish uchun ularning qo'llab-quvvatlashiga muhtojmiz. La Ligada kurashni davom ettirish uchun g'alaba qozonishimiz kerak va muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashiga muhtojmiz. Ular bilan hammasi osonroq", - dedi Arbeloa.
Ertangi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00'da start oladi.