Arbeloa «Bavariya»dan uchragan mag'lubiyatdan so'ng «Real»dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan keyin o'z kelajagi borasidagi savolga javob qaytardi. «Qaymoqranglilar» 1/4 finalda ikki o'yin natijasiga ko'ra «Bavariya»ga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
«Mening kelajagimmi? Hozir bu meni tashvishga solayotgani yo'q. Men faqat o'z futbolchilarim haqida o'ylayapman», — deya javob berdi ispaniyalik mutaxassis.
Alvaro Arbeloa yangi yilning yanvar oyida Xabi Alonsoning o'rnini egallab, ushbu lavozimga tayinlangan edi. Mish-mishlarga ko'ra, agar jamoa mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo'lsa, yozda «Real»da yana bir bor murabbiy almashinuvi yuz berishi mumkin.