Arbeloa Alvaro Karrerasning hujumdagi faolligini yuqori baholadi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasning ko'rsatayotgan o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.
22 yoshli futbolchi yakshanba kuni «Valensiya»ga qarshi kechgan bahsning 65-daqiqasida individual mahoratini namoyish etib, hisobni ochdi. Uchrashuv yakunida esa Kilian Mbappe yakuniy hisobni o'rnatdi — 2:0.
«Karreras yana bir bor o'zining nafaqat ajoyib himoyachi ekanini isbotladi. U hujumda ham juda kuchli, uning mahorati oldingi chiziqda bizga katta yordam bermoqda», — deya Arbeloaning so'zlarini keltirmoqda «The Touchline».
Alvaro Karreras joriy mavsumda «Real» safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.