"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida Evropaning bir qator grand klublaridan takliflar olgan, deya xabar berdi Alfredo Martines.

Manbaga ko'ra, urugvaylik 26 yoshli futbolchi "Yuventus", "Tottenxem", "Liverpul" va "Chelsi"ning takliflarini rad qilgan.

Arauxoning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. Hozirda u Transfermarkt portalida 35 million evroga baholanmoqda.