"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga (0:1, tanaffus) qarshi bahsda qizil kartochka oldi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida urugvaylik futbolchi hakam Slavko Vinchich bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi.

44-daqiqada "blaugrana" sardori ikkinchi ogohlantirishni ishlab oldi va maydondan chetlatildi - u Kukurelyani yiqitdi.