"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo jamoadoshi Lamin Yamala haqida gapirdi.

"U haqiqiy professional. Mashg'ulotlarda u matchlardagi kabi zo'r ko'rinadi: yuguradi, gol uradi, ajoyib o'yin ko'rsatadi. Odamlar Laminning futboldan tashqaridagi hayoti haqida ko'p gapirishadi, lekin eng muhimi - u maydonda nima qilayotgani.

Uning o'yinidan hayratdamiz. U juda muhim futbolchi va eng muhimi, ajoyib jamoadosh", - deya Arauxoning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Yakshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Madridning "Real" klubiga qarshi safar o'yinini o'tkazadi.