Ronald Arauxo Chempionlar ligasi doirasidagi "Nyukasl"ga (2:1) qarshi o'yinda Markus Reshfordning dubliga baho berdi.

Hujumchi "Manchester Yunayted"dan ijara asosida jamoaga o'tganidan keyin ilk gollarini urdi.

"U aql bovar qilmaydigan shaxs. U mashg'ulotlarda ham xuddi shunday qiladi. U biz bilan bo'lgani juda yaxshi. Umid qilamanki, u bundan keyin ham gol urishda davom etadi", - dedi "Barselona" himoyachisi.