"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo hamon jamoa mashg'ulotlariga kelmayapti.

U o'tgan haftada "Chelsi" bilan o'yinda (0:3) qizil kartochka olganidan so'ng kuchli depressiyaga tushib qolgan va hali hamon vaziyatdan chiqib ketgani yo'q.

Uning qachondan yana safga qaytishi ma'lum emas.

"Ko'k-anorranglilar" 6 dekabr kuni "Betis"ga qarshi o'yin o'tkazadi.