Arauxo: "Futbolchilar ham odam"

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo futbolchilarning psixologik muammolari haqida gapirdi. Yaqinda urugvaylik uzoq vaqt davomida depressiyadan aziyat chekkanini tan oldi.
"Biz shunchaki futbolchi emas, insonmiz. Hamma narsa pul va shon-shuhratga bog'liq emas. Sen maydondagi voqealardan tashvishlanyapsan. Futbolchining figurasi ortida inson turganini tushunish kerak", - deya Arauxoning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" sardori barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushdi. 26 yoshli himoyachi hisobida 3 ta gol bor.