Yaqinda Angliya va Urugvay terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Jamoalar «Uembli» stadionida g'olibni aniqlay olishmadi — 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Urugvay terma jamoasi himoyachisi Ronald Arauxo Fil Fodenga qarshi ishlatgan qo'pol podkati haqida fikr bildirdi.

«O'yindan so'ng Fil Foden bilan gaplashib oldim — u hammasi joyida ekanligini aytdi. Maydonda bunday holatlar bo'lib turadi. Men hech qachon unga shikast etkazmoqchi bo'lmaganman, shunchaki to'p uchun o'ynashga harakat qildim. U buni tushunib turibdi. Uning sog'lig'i joyida ekanligidan xursandman», — dedi Arauxo.

Arauxo va Foden top-klublarda — mos ravishda «Barselona» va «Manchester Siti» safida to'p surishadi.