AQSh U-20 terma jamoasining Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini bekor qilindi

AQSh tomoni barcha terma jamoalarining o'quv-mashg'ulot yig'inlarini vaqtincha to'xtatib turish bo'yicha qaror qabul qildi. Shu sabab AQSh U-20 terma jamoasining Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini ham noma'lum muddatga qoldirilgan.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ayni vaqtda mazkur FIFA kunlari doirasida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun boshqa nomzod jamoalar bilan muzokaralarni boshlab yuborganini ma'lum qiladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan