Murabbiy Maurisio Pochettino jamoasi turnirning 1/16 finalida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasini mag'lub etdi (2:0).

Amerika terma jamoasi o'zlari ishtirok etgan Jahon chempionatlarida ketma-ket to'rtinchi bor 1/8 final bosqichiga yo'llanma oldi. AQSh 2010, 2014 va 2022 yilgi musobaqalarda 1/8 finalda o'ynagan. 2018 yil Rossiyada o'tgan Jahon chempionatini esa jamoa o'tkazib yuborgan edi.

Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natija Amerika jamoasining 2002 yilda chorak finalga chiqqani hisoblanadi – o'shanda ular Germaniyaga mag'lub bo'lishgan (0:1).

Endi 1/8 finalda AQSh Belgiya bilan to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz